London meri Sodiq Xon «omikron» ştammini yuqtiriş holatlari ösib borayotgani sababli favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.
«Mutaxassislar bilan maslahatlaşuvlardan söng şaharda favqulodda holat e’lon qilişga qaror qildim», — dedi Xon.
Uning ta’kidlaşiça, Buyuk Britaniya poytaxtida «koronavirus yuqtirganlarning şifoxonaga yotqizilişi holatlari soni ösmoqda».
Şu bilan birga, Londondagi Parlament maydonida koronavirus çeklovlariga qarşi norozilik aksiyalari bölib ötmoqda. Namoyiş qatnaşçilari vaksinatsiya pasportlari va jamoat joylarida niqob taqiş majburiyati bekor qilinişini talab qilmoqda.












