Bahodir Tursunoviç Yusupov Özbekiston Respublikasi prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

Şu munosabat bilan ötkazilgan yiğilişda Xalq qabulxonasi sobiq mudiri Muhiddin Turğunoviç Valiyevning mehnatlari e’tirof etildi.

Bahodir Yusupov mazkur lavozimga prezident administratsiyasi rahbarining 2021 yil 18 dekabrdagi farmoyişi bilan tasdiqlangan. 

Bahodir Yusupov 1961 yil 16 avgust kuni Namangan viloyatining Uçqörğon tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy, 1982 yili Toşkent politexnika institutini, 1997 yili Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan. 

U 2004-2009 yillarda Çust tumani hokimi, 2010-2015 yillarda Namangan viloyati hokimi, 2016-2017 yillarda Kosonsoy tumani hokimi, 2017-2018 yillarda Respublika fermerlar Kengaşi raisi, 2018-2019 yillarda Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vaziri lavozimlarida iş olib borgan. 

2019 yildan hozirga qadar Kosonsoy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.