Qiziltepa tumanida qalbaki AQŞ dollari bilan savdo qilmoqçi bölgan fuqaro qölga olingan. U qalbaki pulga oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilmoqçi bölgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Qiziltepa tuman bölimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida fuqaro B.A. Tavois mahallasi hududidagi savdo dökonidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, evaziga sotuvçiga qalbaki 100 AQŞ dollarini bergan vaqtida uşlangan. Uning yonidan yana 12 ta qalbaki 100 dollarlik pullar borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Toşkent şahri va Qaşqadaryo viloyatida qalbaki pullar muomalaga kiritilgani aniqlandi












