Xalqimiz kulgisevar. Sönggi yillarda faoliyati yumorga asoslangan köplab jamoalar paydo bölayotgani, ularning konsertlari hamişa gavjumligi, turli platformalarda millionlab marta körilayotgani buning isbotidir. Har qanday maşhurlik pul keltirişi mumkin, pul ortidan esa albatta qinğirliklar ehtimoli ham tuğiladi.

Aynan şunday vaziyat bugungi kunda ança maşhur bölgan “Dizayn” jamoasi bilan kuzatildi. Xuşçaqçaq yigitlar sud qaroriga böysunişga, özlari olgan va işlatib yuborgan 30 ming dollarni tölaşga şoşilişmayapti.

Hammasini bir boşdan boşlaymiz. Bugungi kunda “YouTube” videohostingi hammaning diqqatini öziga qaratib oliş bilan birga, katta pul işlaş imkoniyatini yaratgani heç kimga sir emas. Hazil-mutoyiba qiluvçi jamoalar konsertdan ham köra köproq ana şu imkoniyat orqali pul işlaşayotgani ham bor gap. Qolaversa, konsertlar videolari tarqalaverar ekan, jamoa xizmatiga ham talab oşaveradi, u yoği an’anaviy töy-tomoşalar degandek...

Lekin qariyb ikki yildan beri davom etayotgan karantin holati turli tomoşalarni ança çeklab qöydi. Jamoalar ham ma’lum vaqt konsert bera olmay qolişdi. Ana şunday kunlarning birida tadbirkor Salohiddin Salomov va “Dizayn” jamoasi navbatdagi konsertni alladin.tv platformasida onlayn tarzda ötkazişga kelişib oladilar.

Oğzaki kelişuv tuziladi: unga köra, “Dizayn” uyuştirilgan konsert uçun Salohiddin Salomovdan 60 ming dollar oladigan böladi. Konsert dasturi Salohiddin Salomovga qaraşli “ALADDIN-TM” MÇJga tegişli platformada joylaştirilişi, keladigan daromad (tuşum) “ALADDIN-TM” MÇJga 70 foiz va “Dizayn”ning huquqiy egasi bölgan “DIZAYN PRO” MÇJga esa 30 foiz nisbatida taqsimlanişiga kelişiladi.

Iş boşlanişidan oldin Salohiddin Salomov “Dizayn” jamoasi yigitlari – Dilşod Musabekov, Qobil Karimberdiyev, Abdurahmon Mavlonov va Sa’dulla Fatxullayevlarga 30 ming dollarni tilxat asosida beradi.

Şu yerda diqqat qaratiş zarur bölgan nuqta bor: bu törtovlon hamma joyda “Dizayn” jamoasining timsollari bölişsa-da, “DIZAYN PRO” MÇJning rasmiy direktori D.Umurzakovdir. Ya’ni keyinçalik sud e’tibor qilgan jihat: bu yigitlarda jamiyat nomidan pul oliş vakolati bölmagan. Şuningdek, olingan pullar ham tegişli tartibda bankka kirim qilinmagan.

Şunday qilib, 30 ming dollar beriladi, “Dizayn” yigitlari konsertga tayyorgarlikka kirişadilar. Ğoya bir qaraşda ajoyib edi – hamma karantinda zerikib ötirgan bir paytda, 2020 yil 20 dekabr kuni “YouTube” orqali onlayn konsert dasturini namoyiş qiliş rejalaştirilgan.