Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qahramon Sariyev Qoraqalpog‘istondagi tadbirkorlarga 10 yillik imtiyozlar berilgani haqida gapirdi
Prezidentning «Orolbo‘yi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» farmoni qabul qilingan edi. Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev ushbu farmonga alohida to‘xtaldi va unga ko‘ra biznes yurituvchilar uchun mintaqada beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur farmon bilan Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun 10 yil muddatga (2022 yil 1 yanvardan - 2031 yil 1 yanvargacha):
- foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha o‘rnatilgan soliq stavkalarini 1 foiz etib;
- mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 1 foiz miqdorida belgilangan.
Bundan tashqari, zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadigan Investitsiya loyihalarining qiymati 4 barobar, ya’ni 50 milliard so‘mgacha kamaytirildi.
Shuningdek, eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan 2022 yil 1 yanvardan - 2027 yil 1 yanvargacha:
- kichik tadbirkorlik sub’yektlariga o‘z mahsulotlarini respublikaning boshqa hududlariga yetkazib berish bilan bog‘liq temir yo‘l transportida tashish xarajatlarining 50 foiz qismini qoplab berish;
- mahalliy eksportchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Kaspiy dengizigacha tashish bilan bog‘liq transport xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi joriy etilgan.
Bundan oldin Qahramon Sariyev Nukusda yangi quriladigan kasalxona Sog‘liqni saqlash vazirligiga beg‘araz berilishi haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
11:47 / 03.12.2024
BBC o‘zbekistonlik tadbirkor - Dilorom Yo‘ldoshevani «dunyo bo‘ylab ilhomlantiruvchi va nufuzli 100 ayol» ro‘yxatiga kiritdi
17:02 / 28.11.2024
«Kafolatlanmagan tadbirkorlar». Poytaxtdagi yuzlab korxonalar gazdan uzib qo‘yildi
15:19 / 08.11.2024
Ayrim tadbirkorlarga to‘langan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi
11:07 / 07.11.2024