Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi xonadonlardan biridan ikki kişining jasadi topilgan. Bu haqda tuman hokimining mazkur baxsiz hodisa yuzasidan suriştiruv ötkaziş haqidagi qarorida ma’lum qilingan.

Qayd etilişiça, joriy yil 11 dekabr kuni Samarqand tumani “Yuqori Turkman” MFY Yangihayot köçasi 1-uyda yaşovçi U.A.ning xonadonida 2 nafar fuqaroning jasadi topilgan.

Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotiga köra, uşbu 2 fuqaro noma’lum etnologik moddadan zaharlangan deb gumon qilinmoqda. Ular tabiiy gazdan ehtiyotsizlik bilan foydalaniş oqibatida vafot etgan.

Şu munosabat bilan tuman hokimi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 fevraldagi “Gazdan turmuşda foydalanişda sodir böladigan baxsiz hodisalarni tekşiriş hamda hisobga oliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi 64-sonli qarorning 32 bandi “a” qismining 2-xatboşisiga asosan sodir bölgan baxsiz hodisa sabablarini tekşiriş böyiça qaror qabul qilgan.

Qarorda tuman mas’ullariga sodir bölgan hodisa yuzasidan komissiya tuziş va baxsiz hodisa sabablarini sinçkovlik bilan örganiş vazifasi yuklangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Past Darğom tumanida joylaşgan korxonalardan biriga qaraşli konteynerdan ikki kişining jasadi çiqqan va ular ham is gazi tufayli vafot etgani aytilgandi.