Adliya vazirligi xabariga köra, prezidentning 2021 yil 13 iyuldagi PF–6260-son farmoniga asosan Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi tomonidan TIF Milliy bankka 100 mln dollar pul ajratilgan.

Qarorga asosan, mazkur mablağlardan 2022-2024 yillarda yoş tadbirkorlarning yangi biznes loyihalari uçun kreditlar quyidagi şartlarda ajratiladi: kredit miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining 1000 baravaridan 2 ming baravarigaça; muddati – 7 yil, imtiyozli davr – 3 yil; foiz stavkasi – Markaziy bankning asosiy stavkasida (hozirda 14 foiz).

Kreditlar ajratiş uçun Yoşlar işlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi va banklar tomonidan tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagidagi yoşlar röyxati şakllantiriladi.

Yoşlar örtasida biznes könikmalarini şakllantiriş va tadbirkorlikka öqitiş böyiça öquv amaliy kurslari, şu jumladan “onlayn” tarzda bepul taşkil etiladi. Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoşlarga sertifikat taqdim etilib, ular tomonidan öz biznesini taşkil etiş uçun yuqoridagi şartlarda kreditlar ajratiladi.

Loyihani amalga oşiriş uçun yoşlar TIF milliy bank filiallariga ariza beradi va unga muvofiq kredit ajratiladi yoki asoslantirilgan holda rad etiladi.