Bugun, 23 dekabr kuni xalq deputatlari Uyçi tuman kengaşining navbatdan taşqari qirq törtinçi sessiyasi bölib ötdi.

Namangan viloyati hokimligi xabariga köra, viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqov iştirokidagi sessiyada tumanning yangi hokimini tayinlaş bilan boğliq taşkiliy masala körildi.

Tumanning sobiq rahbari Muhammadzokir Mamatxonov salomatligi tufayli öz arizasiga köra tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Namangan viloyati hokimining qarori hamda tuman kengaşi deputatlari tasdiği bilan Şuhrat Musayev Uyçi tumani hokimi etib tayinlandi. 

Şuhrat Musayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça işlab çiqilgan “Yöl xaritasi”ni tuman kengaşida taqdimot qildi. Sessiyada körilgan masala yuzasidan tegişli qaror qabul qilindi.

Şuhrat Musayev 1973 yilda Namangan viloyatining Çortoq tumanida tuğilgan. Ma’lumoti oliy, 1996 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. 

Musayev 2017 yildan viloyat kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi raisi lavozimida işlagan, 2021 yil 24 fevralida Musoxon Apoqov örniga viloyat hokimi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Undan avvalroq, 19 fevral kuni Namangan şahrida xalq deputatlari viloyat kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Uyçi tumani «törtligi» işdan olingandi. Prezident yöl qöyilgan kamçiliklar tufayli Uyçi tumanining törtta sektor rahbari - tumanga 2018 yil avgustidan buyon hokimlik qilib kelgan Muhammadayubxöja Apaqov, şuningdek, tuman prokurori Uluğbek Nomanov, içki işlar bölimi boşliği Avazbek Xöjaxonov va davlat soliq inspeksiyasi boşliği Adhamjon Mahmudovni işdan olişga körsatma bergandi.

23 fevral kuni esa 2020 yilning yozidan Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği bölgan Muhammadzokir Mamatxonov Uyçi tumanining yangi rahbari sifatida taniştirilgandi.