«Majbur qilişgan» - Vilyanueva «Bunyodkor»dagi maoşi, Skolarining adolatsizligi va nega ketgani haqida
|02:26 / 23.12.202126 13710 min
Foto: BunyodkorFoto: Bunyodkor
Özbek futbolini köp yillardan beri kuzatib kelayotganlar «Bunyodkor»ning yulduzli davrlarini yaxşi eslaşsa kerak. 2008-2010 yillarda Ziko va Skolari singari dunyoning eng maşhur murabbiylari bilan bir qatorda juda köplab yuqori darajali legionerlar Özbekiston birinçiligida öynaşgan edi. «Qaldirğoçlar»ning aşaddiy muxlislari hamon çililik Xose Luis Vilyanuevani ajoyib töpurar sifatida eslaşadi. Tribuna.uz hozirda futbol şarhlovçisiga aylangan «Bunyodkor»ning sobiq futbolçisi bilan boğlanib, eksklyuziv intervyu taşkil qildi.
«Özbekiston fuqaroligini olib, milliy jamoasida öynaşni juda istagandim»
- Salom, janob Xose, Özbekistondan salomlar! Uşbu davlat nomini eşitganingizda eng avval nimalar köz öngingizdan ötadi?
- Sizga ham salomlar! Özbekiston haqida eşitganimda doim quvonçli damlarni eslayman. Yana öşa ajoyib mamlakatga qaytiş istagi uyğonaveradi. Ha, hozirda u yerga boriş men uçun ançayin muşkul. Lekin Özbekiston mening xotiramda juda yaxşi taassurotlar bilan qolgan.
Men Çili milliy jamoasi safida bir neçta uçraşuv ötkazganman. Ammo Özbekiston fuqaroligini olib, uşbu davlat milliy jamoasi safida öynaşni juda istagandim. Öşa yillarda buni juda ham xohlar edim.
Foto: José Luis Villanueva
- Özbekistonga qay tariqa kelib qolgansiz?
- Men «Quruvçi» («Bunyodkor»)ning «Barselona» bilan hamkorlik loyihasi doirasida Özbekistonga kelganman. Kataloniyaliklarning Lotin Amerikasidagi vakili meni toşkentliklarga taklif qilgan va men şu tariqa Özbekiston çempionatiga kelib qolganman.
- Hozirda nimalar bilan bandsiz?
Ayni paytda «ESPN Chile»da faoliyat olib boraman. Uşbu kanalda futbol bellaşuvlarini şarhlayman. «Pauta» radiokanalida ham ekspert sifatida işlayman. Bundan taşqari, sport musobaqalarini taşkillaştiriş va transport xizmatlarini amalga oşiruvçi korxonam bor. Murabbiylik qilişim ham mumkin, lekin hozirda heç bir jamoada işlamayman. Professional jamoalarni boşqariş niyatim kuçli.
«Qosimov örniga Zikoning kelişi hammasini ostin-ustun qilib yuborgandi»
- Aziz (Haydarov), Kopa (Temur Kapadze), Server (Jeparov), Pardayev (Bahodir), Karpenko (Viktor), Jasur (Hasanov), Ğofurov (Anvar), Karimov (Xayrulla) va yana köpçilikni eslaşim mumkin. Barçalari bilan juda ajoyib damlarni boşdan ötkazganman va barçasi haqida yoqimli xotiralarim bor.
Foto: HasanPirmuhamedovHP
Öşa davrda men bilan töp tepgan juda köplab futbolçilar yuqori sifatli ijroçilar bölgan. Deyarli har bir jamoadoşim Yevropa klublarida muammosiz öynab keta olgan bölardi, nazarimda. Menga ayniqsa Jasurning öyini yoqardi. Juda tezkor va texnikasi kuçli edi. U mening juda köplab gollarimga assistentlik qilardi.
- «Bunyodkor»ning natijalari, öyinlarini doim kuzatib borişga harakat qilaman. Bundan avval aytib ötganimdek, u yerdagi döstlarimni juda ham yaxşi köraman. Lekin bilişimça, hozir uşbu klub Özbekiston çempionatining eng kuçli jamoalari qatoriga kirmaydi. Ayni vaqtda «Paxtakor», «Nasaf» va «Söğdiyona» eng yaxşi natijalarga erişayotganidan xabardorman.
- Osiyo Çempionlar Ligasi yarimfinali oldidan boş murabbiy Mirjalol Qosimov örniga Ziko boş murabbiy etib tayinlangan va jamoa «Adelaida»ga mağlub bölgandi. Öşanda murabbiyning almaştirilişi qançalik töğri bölgandi, deb öylaysiz?
- Juda ğalati holat bölgandi. Rostdan ham, hal qiluvçi bosqiçlardan biriga Qosimov bilan kelgandik va Zikoning kelişi barçamizni hayratda qoldirgandi. Menimça, bu futbolçilarning ruhiy holatiga jiddiy ta’sir körsatgan. Biz öz murabbiyimizga işonardik. U jamoani qanday ruhlantirişni va qanday öynatişni juda yaxşi bilardi. Ha, Ziko kuçli mutaxassis. Uning boşqaruvida futbol öynaş har qanday futbolçi uçun faxr tuyğusini baxş etadi. Lekin aynan öşa vaziyatda uning jamoaga murabbiy etib tayinlanişi töğri emasdi. Bu barçasini ostin-ustun qilib yuborgan.
Rivaldo bilan munosabati, Özbekistonga qaytiş varianti va maoşi haqida
- Rivaldo bilan örtangizda kelişmovçiliklar bölgani haqida miş-mişlar yuradi…
- Yöq, bunday bölmagan. Heç qaçon Rivaldo bilan konfliktga bormaganman. U bilan juda yaxşi çiqişardik. Bir neça marotaba ta’til vaqtida uning uyida mehmon ham bölganman. U bilan örtamizda heç qanday muammo bölişi mumkin emasdi.
- Bilamizki, «Bunyodkor» öşa vaqtlarda öz futbolçilariga juda katta pul tölagan. Toşkent klubida olgan maoşingiz faoliyatingizdagi eng kattasi bölganmi?
- «Bunyodkor» menga juda köp pul tölagan, demagan bölardim. Bunday bölmagan. Maoş masalasi şaxsiy sir, lekin işontirib ayta olamanki, Özbekistonda işlab topgan pulim faoliyatimdagi eng yaxşilari qatorida bölmagan.
- Qaytiş uçun imkon bölmaganmi?
- Yöq, heç qaçon Özbekistonga qaytiş uçun aniq taklif bölmadi. Agar şunday taklif berilganda, ikkilanib ötirmay, Toşkentga uçgan va bundan juda xursand bölardim.
Skolarining kutilmagan qarori, Şomurodov va şarhlovçiga aylangani haqida
- Nega ketgandingiz? Qoliş uçun imkoniyat bölganmi?
- Oçiği, meni Özbekistonga borişga ham, bu yerdan ketişga ham majbur qilişgan (kuladi). Sobiq klubim rahbari agar «Bunyodkor»ga ötmasam, boşqa heç qaysi klubda öynay olmasligimni aytgandi va men bu yerga kelganman. Lekin tez orada uşbu klub menga juda yoqib qoldi. Toşkentga kelgaç, birinçi öyinim «Paxtakor»ga qarşi ötdi va gol urişga erişdim. Öşanda tuşunib yetdimki, bu klub men uçun atalgan. Ketişni ham xohlamagandim. Lekin Skolari örnimga braziliyalik legioner olmoqçi bölgan. Öşanda juda hayratda qolganman. Çunki, Luis Felipe meni yaxşi köradigan va «Bunyodkor»da ekanligimdan juda xursanddek körinardi. Muxlislar ham meni juda yoqtirişardi, nazarimda. Menimça, klub Luizao, Rivaldo va men bilan ança kuçliroq bölgan. Faqat 3ta legionerga ruxsat berilardi va jamoamizdagi köplab mahalliy futbolçilar ham yuqori darajali ijroçilar bölgan. Öşa vaqtlarda biz OFK Çempionlar Ligasining favoritlari qatorida e’tirof etilardik. Eng hayratlanarli holat, Skolari meni 2009 yilgi OÇL uçun röyxatga qöşmaganida sodir bölgandi. Çunki, bundan oldingi mavsumda men jamoaning asosiy töpurari bölgandim. Gollarim jamoaning yarimfinalga yetib borişiga katta yordam bergandi, deb öylayman. Mening örnimga jamoaga olib kelingan himoyaçi va loterallar «Bunyodkor»ga qançalik kerak edi — bilmayman. Lekin legioner hujumçi örniga himoyaçi olib kelişdan heç qanday mantiq yöq edi.
Foto: Videodan kadr
- Janob Xose, Yevropa maydonlarida töp tepayotgan özbek futbolçilarini bilasizmi?
- Yuqorida aytib ötganimdek, «ESPN Chile»da futbol şarhlayman. A Seriya bellaşuvlari vaqtida Eldor Şomurodov iştirokidagi uçraşuvlarni juda köp marotaba kuzatganman. U menga juda raqobatbardoş va golni sezadigan hujumçi sifatida yaxşi taniş. Eldorni «Jyenoa»da öynagan paytlaridan beri kuzataman.
Menimça, u özbek futbolçilari orasida eng ajoyib faoliyat ötkazayotganlaridan va öziga bölgan işonçi orqali yana köp narsalarga erişişi mumkin. Uning amakisini (Ilhom Şomurodov) juda yaxşi eslab qolganman. Menga yelkadoş bölib futbol öynagan insonning yaqini şunday kuçli futbolçi bölib yetişganidan juda ham xursandman. Eldorni «Maş’al»da yurgan kezlarida ham bir marta körgandim.
«Temur Kapadze Özbekistonga taklif qilgandi»
- Özbekistondagi hayotingiz haqida yana nimalarni eslaysiz?
- Palov menga juda yoqib qolgandi. Çilida palovga öxşaş mazali taomni uçrata olmaysiz. Özbekistonda faoliyat olib borgan kezlarim öziga xos ratsion bilan bizga palov berişardi. Biz oş yeydigan kunimizni kutar edik.
Toşkent bozorlarini aylaniş, oilam bilan meva-sabzavot xarid qilişni yoqtirardim. U yerda sotuvçilar bilan meva narxlarini talaşişning öziga xos gaşti bor edi. Oilamdagilar ham öşa vaqtlarini juda xursandçilik bilan eslaşadi. Toşkentda yaşagan vaqtlarimiz biz uçun eng quvonçli damlar sifatida esda qolgan.
Foto: Bunyodkor
- Futbol mutaxassisi sifatida sizning fikringiz biz uçun qiziq: «Oltin töp»ning Messiga berilişi töğrimidi?
- Bu yilgi sovringa Robert Levandovski haqli edi. Lekin Lionel Messiga «Oltin töp»ning berilişi notöğri bölgani yöq. U ham yaxşi yilni ötkaza oldi.
- Özbekistonlik futbol muxlislariga tilaklaringiz…
- Futbol muxlislariga Özbekistonda birga ötkazgan ajoyib damlarimiz va har bir daqiqada meni qöllab-quvvatlaganlari uçun rahmat aytib qolaman. Bir muddat avval, Kapadze bilan gaplaşgandim. U meni afsonalar örtoqlik uçraşuviga taklif etgandi. Meni qiziqtirayotgan narsalardan biri sevimli klubim «Bunyodkor»ning zamonaviy stadionini köriş. Özim köplab unutilmas gollarni urgan eski stadionimizni ham soğinganman. Qaytişni, qöllab-quvvatlaşingizni yana bir bor tuyişni juda ham istagan bölardim.