TikTok qisqa videoroliklar platformasi eng ommabop domenlar reytingida yetakçi böldi, deb yozadi Cloudflare.
Mazkur platforma ommaboplik borasida Google’ni ikkinçi öringa tuşirib yubordi.
Ommabop domenlar orasida uçinçi örin Facebook’ga nasib etdi.
Qayd etilişiça, ötgan yili TikTok ommaboplik böyiça 7-örinni egallagandi.
Reytingda top-10talik quyidagiça joylaşgan:
1. TikTok.com
2. Google.com
3. Facebook.com
4. Microsoft.com
5. Apple.com
6. Amazon.com
7. Netflix.com
8. YouTube.com
9. Twitter.com
10. WhatsApp.com
Eslatib ötamiz, TikTok – Özbekistondagi faoliyati çeklangan 5ta internet platformasidan biri. “Özkomnazorat” 2 iyuldan boşlab TikTok, Twitter, Skype, WeChat va Vkontakte tarmoqlariga çeklov qöygandi.
15 dekabr kuni Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov TikTok kompaniyasi vitse-prezidenti Teo Bertram bilan onlayn uçraşuv ötkazib, özaro hamkorlik böyiça kelişuvga erişilganini ma’lum qildi.












