Oxirgi kunlarda dollar kursi sömga nisbatan keskin ösişda davom etmoqda. Xususan 7 dekabr kuni 1 AQŞ dollari 10 ming 769 sömni taşkil etgan bölsa, 23 dekabr holatiga köra, bu körsatkiç 10 ming 848 sömga yetdi.

Şunday bölsa-da, 2021 yil söm uçun eng barqaror yillardan biri bölib qolmoqda. Joriy yilning 1 yanvar holatiga köra, 1 dollar 10 476 sömni taşkil etgan bölsa, 1 aprel holatiga köra, 10 474 sömni, 1 iyun holatiga köra, 10 580 sömni, 1 oktabr holatiga köra esa, 10 691 sömni taşkil etgan. 23 dekabr holatiga, yil boşidan beri söm dollarga nisbatan 3,55 foizga qadrini yöqotgan.

Iqtisodçi Otabek Bakirovga köra, joriy yildagi sömning nisbatan barqarorligi asosan taşqi omillar bilan boğliq.

«Söm barqarorligini saqlagan taşqi omillar qatoriga, eng avvalo, asosiy savdo hamkorlarimiz Rossiya, Xitoy va Qozoğiston valutalarining nisbiy barqarorligini qöşiş mumkin.

Tugaşiga bir neça kun qolgan 2021 yil davomida dollar kursi rublga nisbatan, garçi yil davomida köp volatillikka uçragan bölsa-da, yil oxirida yana yil boşidagi kursga qaytgani, tenge 3,8 foiz atrofida qadrsizlangani, yuan esa 2,5 foizga mustahkamlanganini köriş mumkin. Ya’ni taşqi savdo hamkorlarimiz valutalarining ta’siri neytral darajada turdi. Turk lirasi garçi yil davomida 97 foizga (15 dekabr holatiga köra) qadrini yöqotgan bölsa-da, Turkiya bilan savdoda salbiy saldoga ega bölmaganimiz vaziyatni yumşatmoqda.

Ikkinçi taşqi omil barça yirik mamlakatlar markaziy banklari 2021 yilda yumşoq pul-kredit şartlarini saqlab qolgani böldi. Agar vaziyat teskarisi bölganida buning bosimini sezgan bölardik (2022 yilda seza boşlaymiz). Uçinçi omil rasmiy raqamlarda tiklanayotgan eksport, kutilganidan tezroq ösayotgan pul ötkazmalari tölov balansimizni barqaror holda saqlaşga imkon bermoqda. Yana bir omil valuta kursiga ta’sir qiluvçi pul-kredit kanallarining qizib ketişiga yöl qöyilmayotgani, dollarlaşuvga qarşi samarali harakatlar boşlangani bilan ham boğliq.

Nima bölganda ham, 2021 yildagi çoralar va vositalar yaxşi işladi va söm kursi özining nisbiy barqarorligini saqlab qoldi. Lekin oldinda juda murakkab 2022 yil turganini inobatga olmaslik mumkin emas», — deydi u.