2021 yilda dunyoda kompyuter öyinlariga jami 180 mlrd dollardan köproq mablağ sarflangan. Bu haqda Newzoo marketing kompaniyasining kompyuter öyinlari savdosi haqidagi hisobotida ma’lum qilindi.

Tahlilçilar ma’lumotlariga köra, kompyuter öyinlari bozorining umumiy tuşumi 180,3 mlrd dollarga yetgan va bu qiymat 2020 yildagiga nisbatan 1,4 foiz köproqni taşkil qiladi.

Şuningdek, dunyoda 3 mlrddan köproq odam kompyuter öyinlari ixlosmandi ekani aniqlangan.

Mobil gadjetlar – planşetlar va smartfonlar uçun möljallangan öyinlar eng katta daromad keltirgan. Ularga umumiy hisobda 93,2 mlrd dollar sarflangan va bu 2020 yildagiga nisbatan 7,3 foiz köproqdir.

Umuman olganda, planşetlardagi öyinlar savdosidan 11,7 mlrd dollar, smartfonlar - 81,5 mlrd dollar, öyin konsollari - 50,4 mlrd dollar, şaxsiy kompyuterlar - 36,7 mlrd dollar, brauzer öyinlari - 2,6 mlrd dollar, qutidagi öyinlar va ularning raqamli nusxalari savdosidan 34,1 mlrd dollar olingan.

Bundan taşqari, joriy yilda bulutli öyinlar servislari bozori daromadlari ham oşgan va 1,57 mlrd dollarni taşkil qilgan.

Kibersport yil davomida bir mlrd dollar daromad keltirgan.