2020 yil 7 dekabr kuni “X” ismli fuqaro içki işlar organiga ariza bilan murojaat qilib, tanişi tadbirkor J.Z. öziga raqobatçi deb bilgan tadbirkor M.D.ni öldirişga buyurtma qilib, evaziga 5000 AQŞ dollari berişni va’da qilgani, taklifini rad qilgan taqdirda boşqa şaxslarni yollab bölsa ham uni öldirişini aytgani va oldindan 1000 AQŞ dollari bermoqçi bölganini ma’lum qilib, uni jinoyat sodir qilişga undayotgan J.Z.ga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
2020 yil 10 dekabr kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasi, viloyat IIB va DXX boşqarmalari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Mutaxassislar yordamida tadbirkor M.D.ning roziligi bilan göyoki yuzi va boşiga tan jarohati yetkazilgani, böynidan böğib öldirganlik holatiga keltirilgan.
Şundan söng, “X” ismli şaxs Guliston şahrida joylaşgan qabriston yaqinida tadbirkor M.D.ning qotillik alomatlari bilan yotgan, yuz va boş qismi grim qilingan tanasi va uni vafot etgani sun’iy ravişda yaratilgan fotosuratini körsatgaç, buyurtmaçi tadbirkor J.Z. Mirzaobod tumani Boğiston mahallasi hududida unga 4000 AQŞ dollarini bergan vaqtida uşlangan.
Işni körib çiqqan jinoyat işlari böyiça Guliston şahar sudi sudyasi Ibrohim Qoraboyevning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça J.Z. Jinoyat kodeksining 25, 28, 97-moddasi 1-qismida közda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan.












