Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi axborot xizmati xabariga köra, Mirzohid Ubaydullayev 1976 yilda Farğona viloyati Farğona şahrida tuğilgan, ma’lumoti oliy. 1999 yilda Farğona politexnika institutini tamomlagan. Şuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabida tahsil olgan.

U öz faoliyatini 1999 yilda Farğona şahar Qirguli tuman hokimligi moliya bölimi budjet böyiça iqtisodçisi sifatida boşlagan. 2005 yildan Farğona viloyati Ğaznaçilik boşqarmasi tizimida turli lavozimlarni egallab kelgan. 2014-2015 yillarda Farğona viloyati hokimligi moliya boşqarmasi boşliği bölgan.

2015- 2016 yillarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qömitasi raisining örinbosari lavozimida işlab kelgan.

2016-2020 yillarda - Farğona viloyati Marğilon şahar hokimi. 2020-2021 yillarda Farğona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.

Mirzohid Ubaydullayev tayinlovga qadar Farğona viloyati Farğona şahri hokimi lavozimida işlagan.