Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasining a'zosi Avaz Rustamoviç Örinboyev Farğona viloyati hokimining birinçi örinbosari etib tayinlandi.

Avaz Örinboyev 1978 yilda Oltiariq tumanida tuğilgan. Farğona politexnika institutini hamda Özbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

1996 yilda «Öztadbirkorbank» Oltiariq tuman bölimida öz mehnat faoliyatini boşlagan. 1999 yildan 2005 yilgaça «Asaka» Bank Oltiariq tuman bölimida, 2005-2011 yillarda Markaziy Bank Farğona viloyat boş boşqarmasida faoliyat olib borgan. 2011-2012 yillarda Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Qöqon filialini,  2012-2015 yillarda Farğona viloyati bölimini boşqargan.

2015-2020 yillarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati – Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi a'zosi. 2020 yilda 107-Rişton saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati etib saylangan.

  • Avaz Örinboyev Farğona viloyati hokimligida vakant lavozimni egalladi. 2020 yil aprelidan buyon Farğona viloyati hokimining birinçi örinbosari lavozimida işlagan Mirzohid Ubaydullayev 2021 yil fevralida Farğona şahrining yangi hokimi etib tayinlangandi.