«Farğona viloyati hokimi Ş.Ğaniyevning 2020 yil 4 apreldagi qarori bilan Mirzohid Murodiloviç Ubaydullayev Farğona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Mirzohid Ubaydullayev

Mirzohid Ubaydullayev yangi lavozimda Farhod Toşpölatov örnida iş boşlaydi.

2019 yil martidan buyon Farğona viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Farhod Toşpölatov Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligida iş boşlaşi kutilmoqda.

Bundan avvalroq Mirzohid Ubaydullayev Marğilon şahri hokimi lavozimidan ozod etilgani va uning örniga Quvasoy şahrining sobiq hokimi Adhamjon Ziyovuddinov tayinlangani xabar qilingandi. Quvasoy şahriga esa Farğona viloyati uy-joy va kommunal xizmat körsatiş boşqarmasi boşliği vazifasida faoliyat yuritgan Ravşan Rahimjonov yangi rahbar etib tayinlangan. Bugun şuningdek, Danğara tumanida yangi hokim iş boşladi - Yozyovon tumani hokimining birinçi örinbosari Şuhratjon Tojihakimov tumanning yangi rahbariga aylandi.