Xorazm viloyati, Şovot tumanida yaşovçi fuqaroning jinoyat quroli deb topilgan «Cobalt» rusumli avtomaşinasi davlat foydasiga musodara qilindi.
Qayd qilinişiça, Q.M. fermer xöjaligi dala maydonida joylaşgan qöyxona eşigini yaşirinça buzib, jami 41,4 mln sömlik 28 boş qöyni «Cobalt» rusumli avtomaşinasiga bir neça marta yuklab olib ketgan va özganing mulkini talon-toroj qilgan.
Unga nisbatan sud tomonidan jazo tayinlangan va jinoyat quroli deb topilgan «Cobalt» rusumli avtomaşinasini davlat foydasiga musodara qiliş belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Şovot tumani bölimi iş yurituviga kelib tuşgan. Uning ijrosini ta’minlaş maqsadida, avtomaşina «E-ijro auksion» yagona elektron savdo maydonçasida boşlanğiç bahosi 79,3 mln sömga sotuvga qöyilgan va 97,6 mln sömga sotilgan. Sotuvdan tuşgan pul mablağlari davlat foydasiga ötkazilgan.












