23 dekabr kuni Toşkentda yuk avtomobillari bilan boğliq yöl-transport hodisalarining oldini olişga doir yiğiliş ötkazildi. Unda qatnaşgan IIV YHXBB boşliği polkovnik Olim Saidov yuk maşinalari iştirokida sodir etilayotgan “avariya” lar böyiça ma’lumot berdi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilişiça, 2021 yilning ötgan 11 oyida respublikada sodir etilgan YTHlar soni 8 ming 731 tani taşkil etdi. Şundan 964 tasi (11 foiz) yuk avtomobillari hissasiga töğri keladi.

Yiğilişda spirtli içimlik iste’mol qilib rul boşqarayotgan haydovçilar ham köp uçrayotgani, ularga nisbatan jazo çoralari kuçaytirilişi aytildi.
“Transport vositasini spirtli içimlik içgan holda boşqariş jinoyat. Hozir ayni şu yönalişda Ma’muriy va Jinoyat kodekslariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça takliflar kiritilgan. Bu mutasaddi idoralar tomonidan örganib çiqilyapti”, — dedi Olim Saidov.

Ma’lumot berilişiça, yil davomida yuk taşiş bilan boğliq “avariya”larda 396 kişi halok bölgan, 804 nafar fuqaro jarohatlangan.
“Masalan, 24 avgust kuni Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumani hududidan ötuvçi 4R–2 avtomobil yölida haydovçi Saparbayev özining “Howo” rusumli avtomobilini mast holda boşqarib, oldinda harakatlanib kelayotgan transport vositasini quvib ötiş uçun qarama-qarşi yönalişga çiqqan va uşbu yönalişda kelayotgan haydovçi Ismailov boşqaruvidagi “Neksiya-3” avtomobili bilan töqnaşgan. Natijada “Neksiya-3” haydovçisi voqea joyida vafot etgan. Bunday holatdagi qoidabuzarlik böyiça misollarni köplab keltiriş mumkin”, — dedi polkovnik.

Olim Saidovga köra, haydovçilar tayyorlaydigan öquv markazlarining «B» va «C» toifadagi haydovçilarni tayyorlaş tizimida kamçiliklarga yöl qöyilmoqda. Xususan, Toşkent viloyatida joylaşgan öquv taşkilotlarining 4 tasi tekşirilganida, 25 nafar haydovçi darslarga sababsiz qatnaşmagani aniqlangan.
“Bu holatga nima deb izoh beriş mumkin? Ular qanday qilib öqişga qatnaşmaydi? U öquv taşkilotini bitirgan haydovçi ertaga qanday harakatlanadi? Qayerda bu könikmalarni hosil qiladi, bilimni qayerdan oladi?”, — deya savol berdi YHXBB rahbari.













