Davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev işga tuşirilgan zavodning noyob texnologik ustunliklari va mamlakatdagi boşqa sanoat loyihalaridan ajralib turuvçi xususiyatlari haqida söz yuritdi. 

Jumladan, bunday yirik majmua şu paytgaça jahonda faqat 4 ta davlatda – Qatar, Nigeriya, Janubiy Afrika Respublikasi va Malayziyada barpo etilgan. Majmua qurilişida bir vaqtning özida 13 mingdan ortiq muhandis va işçi-quruvçilar qatnaşgan. Zavodda Yaponiya, Koreya, Singapur, AQŞ, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Xitoy kabi 24 ta davlatdagi 130 ga yaqin yetakçi korxonalarda işlab çiqarilgan 10 mingdan ziyod uskunalar örnatildi. Işlab çiqarişga doir texnologik yeçimlar, uskuna va jarayonlarni qöllaş uçun 140 ta xalqaro litsenziya va patent olindi.

Prezident zavod qurilişida iştirok etgan barça muhandis va quruvçilarga, loyihani amalga oşirişga kömaklaşgan xorijiy hamkorlarga minnatdorlik bildirdi.

"GTL zavodi va Şörtan gaz-kimyo majmuasini kengaytiriş böyiça loyihalar Yangi Özbekistonda yangi sanoat davrini yaratiş yölidagi ilk yirik qadamlarimizdan biridir.

Biz qança oğir bölmasin, mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib çiqiş va xalqimiz uçun munosib turmuş darajasini yaratiş yölida marrani baland olib işlaş va yaşaşga örgandik. 

Yangi yil ostonamizda eşik qoqib turgan uşbu quvonçli lahzalarda, barça yutuqlarimizning ijodkori va bunyodkori bölgan mehnatkaş, mard va olijanob xalqimizga, sanoat sohasining jonkuyar va fidoyi işçi-xodimlariga çuqur ehtirom bilan ta’zim qilaman", dedi davlat rahbari.