Adliya vazirligi xabariga köra, nizom bilan 2022 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvargaça pillaning har kilogrammi uçun 5 ming söm subsidiya beriladi.

Ipakçilik va jun sanoatini rivojlantiriş qömitasi tomonidan har yili 20 iyulgaça respublikadagi pilla yetiştiriş prognozlari işlab çiqilib Moliya vazirligiga beriladi. Moliya vazirligi prognoz asosida budjetdan subsidiya ajratib, qömitaga 1 fevralgaça ötkazib beradi.

Pillaçilik klasterlari va taşkilotlari “Agropilla” MÇJlar bilan subsidiya oluvçilar röyxatini şakllantiradi va 25 fevralgaça agentlikning hududiy boşqarmasiga beradi. Hududiy boşqarma röyxatni umumlaştirib, 1 martgaça qömitaga yuboradi.

Qömita 10 aprelgaça pullarni subsidiya oluvçilarga beriş uçun maxsus hisobvaraqlarga ötkazadi. Pillaçilik klasterlari va taşkilotlari subsidiya oluvçilarga pullarni kartaga yoki bankdagi hisobvaraqlariga ötkazib beradi.