20–26 dekabr kunlari «Özbekiston Respublika tovar-xomaşyo birjasi» AJning barça savdo platformalarida 2 trln 302,9 mlrd sömlik tovarlar sotilgan bölib, bu avvalgi haftaga nisbatan 5,6 foizga köpdir.
Benzin
Körib çiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinining kunlik örtaça narxlari mahsulotning bir tonnasi uçun 8 mln 151,3 ming sömdan 7 mln 762,3 ming sömgaça, ya’ni 4,8 foizga pasaygan.
Ötkazilgan birja savdolari natijasida AI-80 rusumli avtomobil benzini böyiça şakllangan örtaça haftalik narx mahsulotning bir tonnasi uçun 7 mln 914,2 ming sömni taşkil etgan.
Paxta yoği
Hisobot davrida barça navli paxta yoğining kunlik örtaça narxlari mahsulotning bir tonnasi uçun 15 mln 745,9 ming sömdan 15 mln 616,9 ming sömgaça yoki 0,8 foizga arzonlagan.
Şakar
Körib çiqilayotgan davrda şakarning barça kategoriyasi böyiça şakllangan kunlik örtaça narxlar mahsulotning bir tonnasi uçun 7 mln 864,9 ming sömdan 7 mln 759,9 ming sömgaça, ya’ni 1,3 foizga pasaygan.












