Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonov 21 dekabr kuni Senatning oçiqlik qömitasida hisobot berdi. Tadbir davomida Kun.uz muxbiri orginfo.uz sayti va Davlat statistika qömitasi örtasidagi nizo böyiça agentlikning pozitsiyasi bilan qiziqdi.
“Agentlik orginfo.uz dasturiy mahsulotini 100 foiz qöllab-quvvatlaydi. Bunaqa dasturiy mahsulotlar köp bölişi kerak. Biz kerak bölsa şu dasturçi bilan hamkorlik qilmoqçimiz. Çunki [bu dastur] ayrim davlat idoralarining oçiq ma’lumotlar portalidan ham ayrim qismlariga köra mukammal holatlari bor. Bu böyiça biz örgandik, nima uçun bunaqa bölayotgani böyiça Statistika qömitasi bilan ham boğlandik.
Aniqladikki, holat ijtimoiy tarmoqlarda boşqaça talqin qilingan, bu – qömitani himoya qiliş emas. Biz örganganimizda, orginfo.uz sayti ma’lumotlarni olganda pastki qismiga qömitaning logotipini qöygan, öşa yerdan olingan deb. Lekin öşa saytda turgan ma’lumot [qömita saytida] yangilangan bölgan. Ular öşa saytni yopiş böyiça sudga bermagan. Ularning maqsadi – mualliflik huquqi, ya’ni pastki qismda berilgan yozuvni olib taşlaş bölgan. Çunki orginfo.uz saytida Statistika qömitasi nomidan eski ma’lumot turgani uçun e’tiroz bildirilgan.
Biz ham nega bu saytning yopilişi, sohaning monopoliya qilinişi borasida murojaat qilgandik. Lekin ular saytda notöğri ma’lumot ketib qolmasligi uçun harakat qilişganini aniqladik.
Şuning uçun agentlik sifatida bu saytni töla qöllab-quvvatlaymiz. Biz Statistika qömitasining ma’lumotlar bazasini mukammal deya olmaymiz», – dedi Akmal Burhonov.
Agentlik direktori Sloveniyada davlat taşkilotlari xaridlari va korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça yölga qöyilgan tizim haqida gapirib, bu narsa Özbekistonda ham joriy qilinişi yuzasidan kelişuvlar bölayotganini bildirdi.
“[Sloveniyadagi] bu tizim BMTning ham e’tirofiga sazovor bölgan ekan. Tizimda qidiruv berganingizda, masalan, qaysidir kompyuter markasini yozib izlasangiz, öşa markadagi kompyuterni qaysi davlat idorasi qaçon sotib olgani, neça pulga sotib olgani bitta infografikada çiqadi. Şunda bilib olasiz, qaysi vazirlik 1 millionga, qaysi vazirlik 5 millionga, ya’ni “börttirib” sotib olganini.
Şunaqa bazani biz ham işga tuşirişni rejalaştirganmiz. Hozir muzokaralar olib boryapmiz. Sloveniyalik ekspertlar dekabr oyi oxirida kelib bizga yordam beradigan böldi. Mana şu orginfo.uz saytining egasi bilan boğlanmoqçimiz, balki tayyor bölsa, şunaqa loyihani u dasturning bazasida qilarmiz.











