AQŞning Apple kompaniyasi SIM-kartalarsiz smartfon işlab çiqarişga tayyorgarlik körmoqda. Bunday smartfonlarda SIM-kartalar örniga eSIM qöllanadi. Uşbu texnologiya telefonda jismoniy taşuvçiga (SIM-karta) boğlamagan holda bir yoki bir neçta raqamlarni qöllaş imkonini beradi, deb xabar berdi MacRumors naşri.
Ta’kidlanişiça, kompaniya AQŞdagi mobil aloqa operatorlari bilan bu borada muzokaralar ötkazib, ularga virtual SIM-karta (eSIM) bilan jihozlangan smartfonlar çiqişiga tayyor turişni tavsiya qilgan.
Insayderlar ma’lumotlariga köra, kompaniya 2022 yilning 2-yarmidan SIM-kartalar uçun raz’yomlar bölmagan smartfonlarni işlab çiqarişni boşlaydi. Uşbu yangilik nafaqat yangi iPhone 14 modellarida, balki hozirda işlab çiqarilayotgan iPhone 13’larda ham tatbiq etiladi.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, SIM-karta raz’yomidan voz keçiş qurilmaning yaroqlik muddatini oşirişga imkon beradi.
Şu bilan birga, “simka”siz iPhone’lar faqat AQŞ bozori uçun işlab çiqarilişi ehtimoli mavjud.












