AQŞ vakillar palatasiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod Noy Maljyeri mamlakat qurolli kuçlari ştablari boşliği qömitasi raisi, general Mark Millini qatl etişga çaqirdi. Siyosatçining bunday keskin ohangda gapirişiga Millining xitoylik harbiylarga qönğiroq qilib, AQŞ Xitoyga hujum qilmasligi, agarda bu yuz bergudek bölsa ham, bu haqda Pekinni xabardor qilişga va’da bergani sabab bölgan.
Nevada ştatidan nomzod bölgan Maljyeri Veterans in Politics naşriga bergan intervyusida AQŞning boş generali jinoyatlarini tergov qiliş uçun kongress komissiyasini çaqirişga hojat yöqligini aytgan.
“U harbiy xizmatdagi askar hisoblanadi. Şunçaki harbiy tribunal çaqirtiring. Sud qoralagan sotqinlarni nima qilişgan? Ularni qatl etişgan. Hali ham AQŞning bu boradagi qonuni bor. Agar harbiy tribunal uni aybdor deb topsa, unda u osilişi kerak”, deb aytgan siyosatçi.
Millining xitoylik harbiylarga qönğiroq qilgani haqida The Washington Post’da naşr muharriri yordamçisi Bob Vudvord va milliy siyosiy muxbir Robert Kostning kitobidan çop etilgan parçalardan ma’lum bölgan. Ularda aytilişiça, general Milli Xitoy armiyasi generali Li Tszoçenga qönğiroq qilib, AQŞ Xitoyga hujum qilmasligini aytgan, biroq bu yuz bergudek bölsa ham, u Pekinni ogohlantirişga va’da bergan.












