2021 yil boşida abonentlarning dolzarb savollariga javob beriş doirasida Mobiuz rahbariyati mobil aloqa operatori 4G tarmoqlarini rivojlantirişga ustuvor ahamiyat berişini ta’kidlab ötgandi. Bundan taşqari, 5G hamda yeSIM texnologiyasini joriy etiş masalasi ham örganib çiqilişi ta’kidlangandi.

Rejalarni amalga oşiriş maqsadida şu yilning birinçi yarmida 4G LTe tarmoqlari ehtiyojlarini qondiriş uçun GSM çastotalari qayta taqsimlandi. Qisqa vaqt içida Özbekistonda 700 dan ortiq tayanç stansiyalari yangilandi. Natijada, avval faqat oldingi avlod tarmoqlari qamrab olgan hududlarga LTe tarmoqlari kirib bordi.

Yilning ikkinçi yarmida Xitoy Xalq Respublikasi bilan yirik sarmoyaviy loyihani amalga oşiriş boşlandi. 2021-2024 yillarga möljallangan texnik rivojlaniş doirasida Mobiuz tarmoğini modernizatsiya qiliş va yangi texnologiyalarni joriy etiş böyiça keng kölamli işlar boşlandi.

2021 yilda Mobiuz texnik jamoasi 2200 dan ortiq 4G LTe tayanç stansiyalarini muvaffaqiyatli işga tuşirdi, şundan 1500 dan köproği investitsiya loyihasi doirasida örnatildi.

Tayanç stansiyalarini modernizatsiya qiliş va quriş böyiça barça işlar tarmoq infratuzilmasini rivojlantiriş bilan birga olib borilmoqda. Xususan, katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatiş trafigini oşiriş uçun transport tarmoğini kengaytiriş va yangilaş amalga oşirilmoqda.

Joriy yilda Mobiuz'ning ilk 5G tayanç stansiyalari Toşkent şahrida örnatildi. 1 dekabrda kompaniyaning 7 yilligi munosabati bilan beşinçi avlod tarmoqlari sinov tariqasida işga tuşirildi. Ularni 2022 yilda töliq işlaşi uçun tayyorgarlik olib borilmoqda.

2021 yil aprel oyida Mobiuz Özbekiston mobil aloqa operatorlari içida birinçi bölib eSIM orqali raqamlarni ulaş xizmatini işga tuşirdi. Texnologik yangilik abonentlar orasida tezda maşhurlikka erişdi va telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirişning yangi bosqiçini boşlab berdi.

Tijoriy rivojlaniş borasida ham muvaffaqiyatga erişildi. Bu yil kompaniya abonentlari soni 5 milliondan oşdi va hozirda ösişda davom etmoqda. Mobiuz qulay tarif rejalari va xizmatlari, şuningdek, yuqori darajadagi xizmat körsatişi sababli abonentlar mehrini qozonmoqda.

2021 yilda kompaniyaning xizmat körsatiş şartlari yaxşilangan Mobi 25 va 30+ tarif rejalari ommaga taqdim yetildi. Oyiga bor-yöği 8 ming söm abonent tölovi bölgan “Yengil” tarifi doim amal qiladigan tariflar qatoridan joy oldi. Kompaniyaning tuğilgan kuni munosabati bilan “Mobiuz 7 yil” tarifi kutilmagan yangilik böldi.