Voqea «Janga bazar» MFY hududida 29-dekabr kuni 16:45 da yuz bergan. Ösmirlar muzda öynaş uçun Qosköl köliga borişgan. Muzga öyilib ketgan yoşlar özlari harakat qilib muzning qalin joyiga çiqib olişgan.

Qoraqalpoğiston Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi matbuot kotibi Aybek Abdiraxmanovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, fuqarolar holat haqida öşa vaqtning özida «1050» qisqa raqamiga xabar berişgan. FVB xodimlari ikki nafar ösmirni muzdan çiqarib olgan.

2010 yilda tuğilgan ösmirlarga şu yerning özida birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan. Hozirda har ikkala yoşning salomatligi joyida ekani ma’lum qilindi.