Qaşqadaryo viloyati Koson tumanida yaşovçi fuqaro mast holda özi bilan birga spirtli içimlik iste’mol qilgan şerigini piçoqlab öldirdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2021 yil 18 dekabr kuni soat 21:45 larda Koson tumani “Quyi Obron” MFYda yaşovçi muqaddam sudlangan Yu.A. hamqişloği T.E. bilan çoyxonada ovqatlanayotib spirtli içimlik iste’mol qilgan holda bir-birini haqoratlab, janjallaşib qolgan.

Sarxuş yigitlar kuç sinaşiş maqsadida taşqariga çiqqaç Yu.A. şaşlik qöra yonidagi stol ustida turgan piçoqni olib T.E.ning pastki jağiga tiqib olgan. Oqibatda T.E. oğir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB tomonidan Yu.A.ga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilişiça, Koson tumanidagi 33-maktabda mazkur jinoyat muhokamasiga bağişlangan yiğiliş ötkazilgan. Unda viloyat IIB boşliği polkovnik Ş.Satvoldiyev, tuman hokimligi, prokuraturasi, tuman IIB, mahalla faollari hamda marhum va jinoyatçining yaqin qarindoşlari iştirok etgan.

Yiğilişda sodir etilgan mudhiş jinoyatni yuzaga keltiruvçi şart-şaroitlar va omillar tahlil etilganda yigitlar bekorçilik tufayli spirtli içimlikka ruju qöygani, hayotga yengil-yelpi qaraşi oqibatida jinoyat yuz bergani, mahalla faollari, profilaktika inspektori va qarindoşlar bu holatga panja orasidan qaragani tanqid ostiga olingan.