Soğliqni saqlaş vazirligi Respublika ixtisoslaştirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yotqizilgan, haftalab, oylab turli xastaliklarga qarşi muolaja olayotgan bolalarga prezident sovğalari topşirilgani haqida xabar berdi.

«Mamlakatimiz rahbari yangi yil arafasida ana şunday bemor bolalarga quvonç ulaşişni ham e’tibordan çetda qoldirmadi. Bugun Özbekiston prezidenti maslahatçisi A.Abduvohidov hamda Soğliqni saqlaş vaziri B. Musayev yurtboşimiz topşiriği asosida Respublika ixtisoslaştirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan bolajonlar huzuriga bordi.
Esingizda bölsa, joriy yilning 14 may kuni davlatimiz rahbari uşbu muassasaga taşrif buyurib, bu yerda davolanayotgan bolalar va ularning onalari bilan suhbatlaşgan edi. Oradan köp ötmay, ya’ni 27 may kuni prezidentimizning «Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Bundan taşqari, mamlakatimiz rahbari taşrifidan söng Respublika ixtisoslaştirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yangidan qurilgan zamonaviy binolarga joylaştirildi.
Yangi majmualardan kattalar va bolalar uçun alohida qabul hamda davolaş bölimlari örin olgan. Mavjud palatalar bir va ikki kişilik bölib, sanitariya xonalari içida joylaşgan. Bu esa turli infeksiyalarga çalingan bemorlar muloqotini çeklaş imkonini beradi. Şuningdek, bu yerda xastalikka çalingan bolalarning zarur dori-darmonlar bilan töliq ta’minlanganligi ota-onalarning çeksiz quvonçiga sabab bölmoqda.
Jonlantiriş bölimi sun’iy nafas oliş, kardiomonitorlar, infuzomatlar, ultra tölqin apparatlari kabi qator ilğor tibbiy uskunalar bilan jihozlangan. Bu yerda onkogematologik kasalliklarga yuqori texnologiyalar va ilğor usullar yordamida taşxis qöyilmoqda.

Qolaversa, muassasada Rossiyaning D.Rogaçev nomidagi markazi tajribasi asosida ilgari tasavvur qiliş ham qiyin bölgan jarrohlik, intensiv terapiya, transfuziologiya va transplantologiya, radio diagnostika, bakteriologik laboratoriya, maxsus ovqat tayyorlaş bölimlari hamda bolalar uçun ta’lim oliş markazlari taşkil etildi.
Bunday yangilanişlar natijasida muassasada yuqori dozali va intensiv poliximioterapiya davo usuli amaliyotga tatbiq etildi. Qolaversa, ötkir limfoblast leykozlarni yangi işlanmalar yordamida muolaja qiliş yölga qöyildi. Bu orqali bunday xastalikka çalingan bemorlarning töliq soğayiş darajasi 85 foizgaça kötarilmoqda.

Hozir muassasada davolanayotgan bemorlardan 177 nafarini bolalar taşkil etadi.
Markazga taşrif buyurgan mas’ullar bu yerda muolaja olayotgan öğil-qizlar bilan suhbatlaşib, ularning ahvoli, yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdi. Şundan söng kiçkintoylarni bayram bilan tabriklab, har biriga Yangi yil sovğalarini topşirdi», deyiladi vazirlik xabarida.












