Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Polkovnik Olim Choriqulovich Saidov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Olim Saidov

Olim Saidov 2019 yil noyabridan buyon IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Polkovnik Baxtiyor Erkinovich Berdialiyev IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Baxtiyor Berdialiyev

Baxtiyor  Berdialiyev 2019 yil noyabridan buyon IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.

Podpolkovnik Davron Abdug‘aniyevich Azizov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Davron Azizov 2019 yil yozidan buyon IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan