Özbekistonda iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş va xususiy sektorga keng yöl oçiş rejalaştirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi” loyihasida belgilangan.
Eksklyuziv huquqlarni bekor qiliş va davlat iştirokidagi kompaniyalarni xususiylaştiriş hisobiga 14 ta faoliyat turi böyiça monopoliyalar tugatiladi (aholi va ijtimoiy soha obektlariga suyultirilgan gaz yetkazib beriş, rangli metall parçalari va çiqindilarini tayyorlaş, sertifikatlaştiriş xizmatlari va boşqalar).
Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etiş kengaytiriladi. “Raqobat töğrisida”gi va “Tabiiy monopoliyalar töğrisida”gi qonunlarni birlaştiriş orqali davlatning tadbirkorlik faoliyatida iştirok etiş hollari va unga nisbatan monopoliyaga qarşi talablar belgilanadi, tabiiy monopoliya holatini aniqlaş böyiça huquqiy instrumentlar kengaytiriladi, bozordagi ustunlik mavqeyini aniqlaş mezonlari takomillaştiriladi, davlat kömagi (imtiyoz va preferensiyalar) şakllari va ularni taqdim etişga nisbatan monopoliyaga qarşi talablar belgilanadi, auksion (birja) savdolarida manipulyatsiyalarning mezonlari va javobgarlik kuçaytiriladi, raqobatni çeklaş holatlari uçun javobgarlik kuçaytiriladi.
Tadbirkorlik faoliyatida erkin bozor tamoyillari keng joriy etiladi. Jumladan, xomaşyo va materiallar yetkazib beriş hamda qişloq xöjaligi mahsulotlarining narxlarini şakllantirişda bozor mexanizmlariga töliq ötiladi, ayrim tovarlar uçun belgilangan ma’muriy narxlar bosqiçma-bosqiç bekor qilinadi.












