Farğona viloyatidagi barça şahar va tuman hokimlari Tibbiyot boş boşqarmasining 1-son va 2-son şifoxonalari, «Qibray», Rossiyadagi Özbekiston va Yalta sanatoriylarida hamda Kasaba uyuşmalari Federatsiyasining «Çinobod Plaza», «Turon» va «Oqtoş» sanatoriylarida soğliğini tiklaşlari mumkin böladi.

ÖzAning xabar berişiça, davlat rahbari tomonidan barça mahalliy hokimlik hamda sektor rahbarlarining mehnat ta’tiliga çiqişi va davolanişini 2-bosqiçda ötkaziş ma’qullangan. Ijro hokimiyati mahalliy vakillarining ta’tili Prezident administratsiyasining 2021 yil 25 dekabrdagi topşiriğiga asosan ötkazilmoqda.

«Ta’til «Mahalliy özini özi boşqariş organlari töğrisida»gi qonunning 21-moddasi asosida va Prezident administratsiyasining 25 dekabrdagi topşiriğiga asosan ötkazilmoqda. Viloyat hokimining örinbosarlari, maslahatçilari va yordamçilari, taşkiliy-kadrlar guruhlari rahbarlari, tumanlar va şaharlar hokimlari hamda ularning örinbosarlari, tuman va şaharlar sektorlari rahbarlari uçun mehnat ta’tillari tegişli muddatga belgilandi», - deyiladi xabarda.

Birinçi bosqiçda ta’tilga çiqayotgan tuman va şahar hokimlarining vazifalari vaqtinçalik hokim örinbosarlari zimmasiga yuklatilgan. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş bilan boğliq qarorlar va farmoyişlar esa tuman va şahar hokimi vazifalarini bajariş vaqtinça yuklangan hokim örinbosarlari tomonidan tuman va şahar hokimi bilan kelişilgan holda qabul qilinadi.

Şuningdek, hokimlarga ularning örinbosarlarini 2022 yil 17 yanvardan soğliğini tiklaş maqsadida mehnat ta’tiliga çiqarişni ta’minlaş topşirildi.