Zarafshon shahar hokimligi mansabdorlari tergovda. Zarar million dollardan ortiqqa baholanmoqda
Shaharda 5,3 gektar yer tadbirkorlarga auksionsiz berib yuborilgan. Gumondorlardan biri – hokimning sobiq o‘rinbosari. Kun.uz manbasiga ko‘ra, tergovga chaqirilganlar orasida Zarafshon shahar hokimi ham bor.
Navoiy viloyat prokuraturasi tomonidan Zarafshon shahar hokimligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hokimlik mansabdorlari qiymati 11 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil qiluvchi 5,31 gektar yer uchastkalarini 7 nafar tadbirkorga ajratib berish orqali davlat mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilishda gumonlanmoqda.
Ushbu ish ortidan shahar hokimi Anvar Rajabov ham tergovga chaqiruv qog‘ozi olgan.
Kun.uz ixtiyoriga kelib kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, hokimning sobiq o‘rinbosari A.F. mazkur ish doirasida Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda gumonlanuvchi tariqasida tergovga jalb qilingan.
Tergovni Navoiy viloyati prokuraturasining uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi olib bormoqda.
Shahar hokimligidagi manba taqdim etgan hujjatga ko‘ra, 2017 yil mart oyidan 2021 yil iyuniga qadar Zarafshon shahar hokimining o‘rinbosari lavozimida ishlagan A.F. shahar hokimi Anvar Rajabov va boshqa mansabdor shaxslar bilan o‘zaro til biriktirgan holda shahar hokimining 2020 yildagi qarorlari bilan jami 5,31 gektar yer uchastkasini biror bir to‘lovsiz davlat-xususiy sherikchiligi asosida 7 nafar tadbirkorga ajratib bergani, shahar hokimining sobiq o‘rinbosari yer uchastkalarini doimiy foydalanishga auksion orqali ajratilishi lozimligini bilgani holda unga amal qilmay mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda gumonlanyapti.
O‘tgan yilning avgustida Kun.uz Zarafshon shahar prokuraturasi shahar hokimining 2021 yil aprel-may oylaridagi 59 ta farmoyishini haqiqiy emas deb topish yuzasidan sudga ariza kiritgani haqida xabar bergan edi. Biroq prokuratura mazkur ish bo‘yicha apellyatsiya sudida ham yutqazgandi.
Viloyat prokuraturasining intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qarori asosida viloyat hokimi 2021 yil 27 dekabrdagi farmoyishi bilan Zarafshon shahar hokimi Anvar Rajabovga o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida intizomiy jazo qo‘llanilgandi.
Mavzuga oid
17:20 / 17.12.2024
Xitoyda katta miqdorda pora olishda ayblangan partiya mulozimi qatl etildi
12:00 / 11.12.2024
Netanyahu korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan sudda ko‘rsatma berishni boshladi
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
16:07 / 03.12.2024