2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi” loyihasiga köra, Özbekiston Respublikasining xorijdagi yangi konsullik muassasalari taşkil etiladi.
Xususan, Rossiya Federatsiyasining Samara, Astraxan, Tula, Kaliningrad va Nijniy Novgorod, Qozoğistonning Çimkent, Çexiyaning Praga, Kanadaning Ottava, Koreya Respublikasining Pusan şaharlarida Özbekiston Respublikasining boş konsulxonalari oçiladi.
Özbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi boş konsulxonalari (Sankt-Peterburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Novosibirsk va Yekaterinburg), AQŞning Nyu-York, Germaniyaning Frankfurt-Mayn va Turkiyaning Istanbul şaharlarida joylaşgan boş konsulxonalari xodimlari sonini oşiriş ham közda tutilgan.
Rossiyaning Moskva şahridagi, Polşaning Varşava şahridagi va Birlaşgan Arab Amirliklaridagi elçixonalar ştat jadvallariga bittadan yangi konsul ştat birligi kiritiladi.












