2022 yil 3 yanvardan 4 yanvarga ötar keçasi Jizzax viloyatida ikkita yonğin sodir bölgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2022 yil 3 yanvar kuni tungi soat 23:33larda Jizzax şahar FVBga şaharning Madaniyat mahallasida joylaşgan xonadonlarning birida yonğin sodir bölgani haqida xabar kelib tuşgan.

Yonğin joyiga darhol Jizzax şahar FVBning 2ta yonğin-qutqaruv bölinmasi yuborilgan. Qutqaruvçilar hodisa joyiga soat 23:38da yetib borgan va soat 00:02da yonğin öçirilgan.

Yonğin oqibatida xonadonning 30 metr kvadrat maydonida tom-şift qismi yonib zararlangan. Hodisada heç kim tan jarohati olmagan. Dastlabki suriştiruvga köra, elektr simlarining qisqa tutaşuvi yonğinga sabab bölgan. Hozirda körilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Şuningdek, 4 yanvar kuni soat 00:30larda Baxmal tumani FVBga “Fayzobod” MFYda joylaşgan xonadonlarning birida yonğin sodir bölayotgani haqida xabar kelib tuşgan.

Voqea joyiga darhol tuman FVBning qutqaruvçilar bölinmasi yuborilgan. Tezkor harakatlar natijasida yonğin soat 00:45da öçirilgan. Hodisada heç kim tan jarohati olmagan.