Avstraliya boş vaziri Skott Morrison Novak Jokoviç koronavirusga qarşi emlanişi mumkin emasligi töğrisidagi şifokorlar xulosasiga nisbatan fikr bildirdi, deb yozmoqda Daily Mail.
U Jokoviç emlanişi mumkin emasligini tasdiqlovçi hujjatni kutayotganini aytib, sportçiga ultimatum qöydi.
«Buning tasdiğini kutamiz. Agar bu yetarliça işonarli bölmasa, u ham boşqalar kabi birinçi samolyotda uyiga jönaydi», — dedi Morrison.
4 yanvar kuni Jokoviç koronavirusga qarşi emlanmagan bölişiga qaramasdan Australian Open musobaqasida qatnaşişi mumkinligi ma’lum bölgandi. U Viktoriya ştati hukumatidan maxsus ruxsatnoma olgan.
Australian Open 17 yanvardan 30 yanvargaça bölib ötadi. Jahonning birinçi raketkasi Jokoviç musobaqaning amaldagi ğolibi hisoblanadi.

















