Marğilon şahrida fuqaro döstlari bilan yölni tösib qöygan yigitlardan avtomaşinalariga yöl berişlarini sörab janjallaşişi ölim bilan yakunlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Ma’lum bölişiça, 1 yanvar kuni soat 3:30 larda K.K. tört nafar tanişi bilan birga M.N. boşqaruvidagi «Cobalt»ga ötirib, M.N.ning uyi tomon harakatlanişganida köça boşida töxtab turgan «Gentra» va «Nexia-3» avtomaşinalarni körişgan.

Ularning yonida turgan 23 yoşli M.A. va uning şeriklariga avtomaşinalariga yöl berişlarini söragan vaqtida janjallaşib qolişgan.
Janjal davomida M.A. özining yonida bölgan piçoq bilan K.K.ning kökrak sohasiga bir marta urib, şeriklari bilan avtomaşinalariga ötirib, hodisa joyidan qoçib ketişgan. K.K. olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farğona viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvçining ölişiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, M.A. protsessual tartibda uşlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qöqon şahrida pullarni qölga kiritiş ilinjida uxlab yotgan er-xotinni piçoqlab öldirgan 3 nafar ustaga sud hukmi öqilgani haqida xabar berilgan edi.












