Moskvaning muz ustidagi sirki Tsvetnoy bulvardagi Nikulin sirkining rasmiy jamoasi hisoblanadi. Bu jamoani Rossiyada xizmat körsatgan san’at arbobi Nataliya Abramova boşqaradi. Bayramona Yangi yil şousi 7-8 yanvar kunlari Humo Arenada bölib ötadi.
Nikulin sirkining maşhur jamoasi 1962 yilda taşkil topgan. Dongdor sirkning artistlari özlarining betakror çiqişlari tufayli dunyoga tanilişgan. Ular iştirokidagi har bir sirk tomoşasi sayyoramizning eng maşhur maydonlarida zör muvaffaqiyat bilan ötadi.
Bu betakror jamoa Rossiya va yaqin xorijdan mahoratli figurali uçiş ustalari, sirk artistlarini jamlagan. Nikulin sirkida jonglyorlar, masxarabozlar, havo akrobatlari va ekvilibristlar iştirok etişadi.
Yuksak tajriba va eng zamonaviy jihozlar jamoaga turli maydonlarda işlaş imkonini beradi. Şu sababli muz ustidagi sirk tomoşalari tabiiy, sun’iy va sintetik muz ustida birdek ötadi.
«Bizning tomoşamiz repertuarning rang-barangligi va kengligi bilan ajralib turadi. Faqat bizda havo gimnastlari, jonglyorlar, masxarabozlar va akrobatlar butun tomoşa davomida konkida uçişadi. Biz özimiz bilan 150 dan ziyod liboslarni şunçaki olib yurmaymiz. Har bir detal badiiylik nuqtayi nazaridan töğri yoritilişiga alohida ahamiyat qaratamiz», – deya ta’kidlaydi muz ustidagi Moskva sirki direktori.
Sönggi ön yil içida Moskvaning Nikulin sirki 30 dan ortiq mamlakatda gastrol safarlarida böldi. Ham muz ustidagi, ham sirk tomoşalari bilan raqobatga bardoşli bu jamoa muz ustidagi jahon sirklari orasida yetakçilardan biri bölib kelyapti. Şu qatorda u muz ustidagi dunyodagi birinçi sirk an’analarini ham saqlab qolgan. Zero, Nikulin sirki jamoasining tarixi aynan şundan boşlangan.
Muz ustidagi sirk şousi bolalar, ösmirlar va kattalar uçun möljallangan. Unga imkon qadar barça xohlovçilar taşrif buyura olişlari uçun dastur kuniga uç marta – 7-8 yanvar kunlari soat 12:00, 15:00, 18:00 da ötkaziladi:
Ma’lumot uçun tel.: (95) 169 87 87, (78) 140 87 87
Çiptalarni











