Qayd etilişiça, zamon talablari asosida axborot sohasidagi qonunçilik takomillaştiriladi. Axborot sohasini tartibga solişga qaratilgan mavjud qonunlar Özbekiston Respublikasi Axborot kodeksi şaklida unifikatsiya qilinadi.

Bundan taşqari, fuqarolarning axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalaniş madaniyati oşiriladi. Turli yoş toifasi uçun möljallangan öquv kurslari hamda onlayn dasturlar ommalaştiriladi. Xalq ta’limi va professional ta’lim tizimining tegişli darsliklariga media savodxonlik böyiça mavzular joriy qilinadi.

Şaxsiy va sir saqlanişi lozim bölgan ma’lumotlarni internet tarmoğida oşkor qiliş bilan boğliq daxlsizlik huquqlari buzilişining oldini oliş ham közda tutilgan.

Bunda, Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning daxlsizlik huquqlari bilan boğliq moddalariga tegişli qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasi tayyorlanadi.