4 yanvar tongida Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani Anorzor mahallasida yaşovçi 27 yoşli Maftuna Toşpölatova birvarakayiga 3 nafar egizakning onasiga aylandi.
SSV matbuot xizmati xabar qilişiça, Guliston şahar tibbiyot birlaşmasining akuşerlik kompleksida çaqaloqlarning soğlom tuğilişi uçun alohida mutaxassislar va zarur tibbiy jihozlar hozirlangan.
Kesarça usulida, asoratsiz ötkazilgan tuğuruq amaliyoti natijasida 2,9 va 2 kilogrammlik ikki nafar qizaloq hamda 3 kilogrammlik öğil bola dunyoga kelgan. Egizaklarga Madinaxon, Muhammadziyo va Muslimaxon deb ism qöyilgan.

«Ayni paytda gödaklarning ahvoli qoniqarli. Şifokorlar ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanişiga boş-qoş bölib turibdi.
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi egizaklar va onaning salomatligini alohida nazoratga oldi.
Şuningdek, vazirlik bugun öz tavallud kunini nişonlaydigan Maftuna Toşpölatova va uning oilasiga sovğalar, xususan, farzandlar parvarişi va ularning soğlom ulğayişi uçun zarur böladigan jihozlar, gigiyena hamda ozuqa vositalari topşirdi», deyiladi vazirlik xabarida.

















