2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi” loyihasiga köra, katta ilmiy va amaliy tajribaga ega bölgan xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar iştirokida çet elda Vatandoşlar ilmiy va amaliy anjumani ötkazib boriladi.
Xorijdagi vatandoşlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlaşmalarini qöllab-quvvatlaş ham möljallangan. Mamlakatning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng tarğib qiliş va ommalaştiriş, vatandoşlarga madaniy-ma’rifiy tadbirlarni taşkil etişda kömaklaşiş közlanmoqda.
Bundan taşqari, xorijdagi vatandoşlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlaşmalari bilan aloqalar örnatiladi va hamkorlik yölga qöyiladi.
Xorijiy davlatlarda vatandoşlar iştirokida Özbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imijini oşirişga qaratilgan tadbirlar taşkil etiladi va ötkaziladi.
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar bilan hamkorlik örnatiş va uni olib boriş sohasida duç kelayotgan muammolarni tizimli asosda tahlil qilib boriş va ularning yeçimi yuzasidan aniq takliflar işlab çiqiş ham rejalaştirilgan.
Bunda, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar bilan doimiy muloqotlar örnatiş va ular duç kelayotgan muammolarni tahlil qiliş va tegişli vazirlik hamda idoralar bilan örganiş, örganişlar natijasida vatandoşlar bilan işlaş böyiça tegişli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelişiş, kelişilgan hujjatlarni örnatilgan tartibda qabul qiliş nazarda tutiladi.












