Sönggi yillarda dunyoda yurak-qon tomir kasalliklaridan (YuQK) kasallaniş va ölim statistikasi sezilarli darajada oşdi. Miokard infarkti va beqaror stenokardiya kabi klinik şaroitlarni birlaştiruvçi yurak işemik kasalligining zörayişi davri bölgan ötkir koronar sindromdan (ÖKS) har yili AQŞ va Yevropada 914 mingga yaqin odam vafot etadi. Özbekiston yurak-qon tomir patologiyalaridan ölim holatlari böyiça yetakçi örinlardan birini egallaydi. Uşbu muammoning kelib çiqiş sabablari va uni bartaraf etiş yöllarini örganiş maqsadida Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya markazi direktori, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi a’zosi, professor Kurbanov Ravşanbek Davletoviç bilan suhbatlaşdik.
Ravşan Kurbanoviç, siz qanday fikrdasiz, nima uçun YuQK bugungi kunda mamlakatimizda ölimning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi?
Darhaqiqat, YuQK ölimga olib keladigan kasalliklar umumiy sonining deyarli 59 foizini taşkil qiladi. Mamlakatimizda bu körsatkiçlar, masalan, Yevropa, Yaponiya, AQŞ va Qozoğistondagidan yuqori hisoblanadi. Men öylaymanki, bu muammo nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ham ega, sababi, uşbu körsatkiçlar YuQK bilan kasallangan bemorlarga tibbiy yordam körsatiş darajasiga, tibbiyot muassasalaridagi jihozlarga, kasallikka öz vaqtida taşxis qöyilişiga va boşqalarga boğliq.
Ilgari tibbiy muolajalarni, xususan, teri osti koronar aralaşuvi (TKA), şuntlaş, angioplastika kabi muolajalarni faqat kardiologiya markazlarida oliş mumkin edi. Oxirgi yillarda Prezidentimiz farmoyişiga köra, Özbekistonning har bir şahridagi ÖKS bilan kasallangan barça bemorlar eng yaqin şifoxonada trombolizdan ötişi mumkin bölgan dastur tayyorladik. Biz uçun bu yutuq va uşbu kasallikka qarşi kuraşda terapiyani rivojlantiriş yölidagi salmoqli qadamdir. Işonçimiz komilki, yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordamning öz vaqtida körsatilişi, albatta, öz samarasini beradi, ammo undan foydalanişi mumkin bölgan bemorlarni qamrab oliş darajasini oşiriş zarur. Misol uçun, trombolizga muhtoj bölgan bemorlarning atigi 25 foizi davolangan, angioplastika va şuntlaşga muhtoj bölgan aholining uluşi atigi 53 foizni taşkil qiladi.
Biz bu körsatkiçlarni oşiriş ustida işlayapmiz. Markazlar va mutaxassislar soni sezilarli darajada, xususan, sönggi yillarda deyarli 10 baravarga ortdi, ammo, YuQS bilan boğliq vaziyatni yaxşilaş uçun bemorlar va mutaxassislar örtasidagi özaro hamkorlik tizimini yölga qöyiş ham dolzarb masala hisoblanadi, masalan, avvalambor poliklinikada öz vaqtida taşxis qöyiş, keyin esa kardiologiya markaziga yoki zaruratga qarab, angiologlarga yuboriş.
ÖKSning oldini oliş çoralari mavjudmi?














