Yurak - qon tomir kasalliklari sayyoramizda ölimning eng keng tarqalgan sababi bölib qolmoqda, deyiladi 1990 yildan 2023 yilgaça 204 mamlakatdagi ma’lumotlarni qamrab olgan yangi hisobotda. Hisob-kitoblarga köra, aynan ular har uçinçi ölimga sabab bölmoqda.
Statistika xavotirli dinamikani körsatmoqda: agar 1990 yilda yurak va qon tomir kasalliklaridan 13,1 million kişi vafot etgan bölsa, 2023 yilda bu körsatkiç 19,2 millionga yetdi. Şu bilan birga, aksariyat mintaqalarda erkaklarning ölim darajasi ayollarga qaraganda yuqori.
Bundan taşqari, yurak-qon tomir kasalliklari DALY körsatkiçi - erta ölim yoki nogironlik tufayli yöqotilgan soğlom hayot yillari sonining asosiy omili hisoblanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, xavf omillarining 80 foizigaça oldini oliş mumkin. Ular orasida semizlik, yuqori qon bosimi, qand va xolesterinning yuqori darajasi bor.
Ta’kidlanişiça, ovqatlanişni nazorat qiliş, jismoniy faollik va şifokorlarning muntazam nazorati kasalliklarning rivojlaniş ehtimolini kamaytirişga yordam beradi.











