O‘zbekiston | 10:32 / 07.01.2022
4384
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish va o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Foto: Navbahor tumani hokimligi

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, hududlarda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Bunda:

  • har bir hududda “Xotin-qizlar hunarmandchilik markazlari” va klasterlarni tashkil qilish;
  • xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari faoliyatini takomillashtirish, mintaqaviy markazlar ochish choralarini ko‘rish;
  • tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni realizatsiya qilishga ko‘maklashish;
  • xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish va biznesga jalb qilish nazarda tutiladi. 
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid