Ma’lum qilinişiça, hududlarda yölovçi taşiş transporti tizimini tubdan takomillaştiriş Dasturi loyihasi işlab çiqiladi.

Unga köra:

  • Aholi punktlarining jamoat transporti bilan qamrovini 95 foizga yetkaziş;
  • Örta va yirik şaharlarda jamoat transportidan foydalaniş uluşini 22 foizdan 35 foizga oşiriş;
  • Viloyat markazlarida Damas rusumli yengil avtomobillar faoliyat körsatuvçi yönalişlarni bosqiçma-bosqiç avtobus va mikroavtobuslar bilan almaştiriş;
  • 52 ta avtostansiya quriş hamda 29 tasini rekonstruksiya qiliş;
  • 278 ta yangi avtobus yönalişlari oçiş;
  • 60 ta yangi şaharlararo avtobus yönalişlarini taşkil etiş;
  • Avtobus haydovçilarining mehnat va dam oliş rejimiga rioya etilişi ustidan nazorat tizimini takomillaştiriş;
  • Muntazam yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik sub’yektlari uçun yangi avtobus va mikroavtobuslarni olib kirişda yoki mahalliy işlab çiqaruvçidan xarid qilişda qöşilgan qiymat soliğini foizsiz va uning tölanişini ta’minlaş talab etilmagan holda keçiktirib (bölib-bölib) tölaş tizimini joriy etiş işlari bajariladi.

Dastur loyihasini işlab çiqiş va bajariş işlari nazorati Boş vazirning birinçi örinbosari A.Ramatovga, mas’ul ijroçilar etib esa Transport vazirligi I.Mahkamov, Moliya vazirligi T.Işmetov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi I.Norqulov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.

«Yöl xaritasi» loyihasida yuqoridagi işlarni 2022 yilda amalga oşiriş belgilangan.

Ma’lumot uçun, bugun Özbekistondagi aksariyat viloyatlar markazlarida Damas asosiy jamoat transporti bölib qolmoqda.