Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida qarz tufayli kelib çiqqan janjal odam ölimi bilan yakun topgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2022 yil 5 yanvar kuni soat 13:20 larda Şahrisabz tumani “Loliston” MFYda yaşovçi aka-uka F.Ş. va F.M. tanişi Şahrisabz şahar, “Kulollik” MFYda yaşovçi R.Z. bilan Şahrisabz şahar “Oqsaroy” MFYda joylaşgan ustaxona oldida ilgaridan örtalarida bölgan qarz yuzasidan kelib çiqqan adovat tufayli janjallaşib qolgan.

Z.R. Ş.F.ga qarzni qaytarişini aytib, uni turli sözlar bilan haqorat qilib, özaro tortişib qolişgan. Ş.F.ning jahli çiqib, uni öldiriş maqsadida ustaxonada bölgan temir quvur va piçoq olib, Z.R.ni orqasidan quvib borib, temir quvur bilan uni urib yiqitgan.

Z.R. özini himoya qiliş maqsadida yonida bölgan piçoğini qöliga olgan vaqtida Ş.F. temir quvur bilan Z.R.ning qöliga urgan va piçoq yerga tuşib ketgan.

Ş.F. va Z.R.ning janjalini kuzatib turgan Ş.F.ning akasi M.F. janjal bölayotgan joyga yetib kelib, Z.R.ning boş sohasiga bir neça marotaba qölida bölgan yoğoç kaltak bilan qasddan urgan.

Şu vaqtda Ş.F. yerda yotgan piçoqni olib, Z.R.ning çap kökrak yon sohasiga va kökrak öng yon sohasiga ikki marotaba sançgan. Özining yonida bölgan piçoq bilan yerga qarab yotib qolgan Z.R.ning orqa kökrak sohasiga 8 marotaba piçoq sançgan. Oqibatda, Z.R. oğir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Şahrisabz şahar prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.