“Özgidromet” xabariga köra, 11-13 yanvar kunlari respublika hududlari böyiça asosan quruq ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat 13 yanvarda respublikaning toğoldi va toğli hududlarida ba’zi joylarda yomğir, baland toğli hududlarda qor yoğadi.
Respublika hududidan sovuq havo massasi asta-sekin çekinadi va hafta örtasiga kelib, havo harorati keçalari 3-6 daraja iliqqaça, kunduz kunlari 9-12 daraja iliqqaça kötariladi.
14 yanvarda Özbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nisbatan nam, ammo iliq havo massasi kirib keladi. Respublikaning katta qismida yomğir yoğadi, şimoliy hududlarda qorga aylanişi mumkin. Ayrim tumanlarda şamol 15-20 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda. Havo harorati yana 2-4 darajaga kötariladi va qiş faslining örtasi uçun bölgan me’yoriy qiymatlardan 3-5 darajaga yuqori böladi.
Respublikaning ayrim hududlarida ba’zi joylarda tuman kuzatiladi.












