Sanoat xavfsizligi davlat qömitasining “Yadro fizikasi korxonalarida işlar xavfsizligi qoidalariga özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
“Mehnatni muhofaza qiliş töğrisida”gi qonun 12-moddasiga muvofiq işlab çiqariş faoliyatini amalga oşiruvçi, xodimlarining soni ellik kişi va undan ortiq bölgan har bir taşkilotda mehnatni muhofaza qiliş talablariga rioya etilişini ta’minlaş, ularning bajarilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş maqsadida mehnatni muhofaza qiliş xizmati taşkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qiliş böyiça tegişli tayyorgarlikka ega bölgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bölgan taşkilotda yöl harakati xavfsizligi xizmati ham taşkil etiladi yoki yöl harakati xavfsizligi böyiça mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bölgan taşkilotda mehnatni muhofaza qiliş xizmatini taşkil etiş yoki mehnatni muhofaza qiliş böyiça mutaxassis lavozimini joriy etiş töğrisidagi qaror iş beruvçi tomonidan mazkur taşkilot faoliyatining öziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Taşkilotlarda mehnat faoliyati bilan boğliq ravişda sodir bölgan baxsiz hodisalar va boşqa jarohatlanişlarni tekşiriş va hisobini yuritiş Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Işlab çiqarişdagi baxsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajariş bilan boğliq boşqa xil zararlanişini tekşiriş va hisobga oliş töğrisidagi nizomga muvofiq amalga oşirilişi lozim.
Taşkilotlarda elektr qurilmalarini örnatiş va ulardan foydalanişda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molçilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qiliş qoidalari va iste’molçilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilişda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinişi kerak.












