Davlat statistika qömitasi xabariga köra, yil boşidan doimiy aholi soni 131,6 ming kişiga yoki 0,4 foizga ösdi.
Respublika hududlari kesimida tahlillar şuni körsatmoqdaki, 2020 yil 1 aprel holatiga köra hududlarning respublika jami aholisi sonidagi uluşi böyiça eng köp körsatkiç Samarqand viloyatida 11,4 foizni taşkil etib, keyingi örinlarda Farğona viloyatida 11,1 foizni, Qaşqadaryo viloyatida 9,7 foizni va Andijon viloyatida 9,2 foizni taşkil etgan.
Dastlabki ma'lumotlarga asosan, 2020 yil 1 aprel holatiga köra respublika doimiy aholisi sonining 30,8 foizi mehnatga layoqatli yoşdan kiçiklar, 58,7 foizi mehnatga layoqatli yoşdagilar va 10,5 foizi mehnatga layoqatli yoşdan kattalar hissasiga töğri kelmoqda.












