Bugun, 11 yanvar kuni Özbekiston musulmonlar idorasida alloma Muhammad ibn Mahmud Ustruşoniyning «Jomi’ ahkom as-siğor» asarining özbek tilidagi ilk naşri hamda «Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome’ masjidi imom-noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajidning «Yöl harakati fiqhi, şar’iy hukm va odoblar» kitobining taqdimot marosimi bölib ötdi.


Kun.uz muxbirining xabar berişiça, taqdirlaş marosimida Özbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov, taniqli ulamolar, mudarrislar, Içki işlar vazirligi va IIV akademiyasi professor-öqituvçilari ham qatnaşdi.

Ma’lum qilinişiça, islomda bola huquqlariga doir kitob muallifi Muhammad ibn Mahmud Majduddin al-Ustruşoniy XII asrning oxiri va XIII asrning birinçi yarmida Movarounnahrda yaşab, yuksak ilmiy salohiyati bilan fiqh ilmining rivojiga munosib hissa qöşgan allomalardan biri hisoblanadi.
«Jomi’ ahkom as-siğor» asari asosan voyaga yetmagan yoş bolalarning haq-huquqlariga bağişlangan bu asar hozirgi zamon islomşunos va islom huquqi tarixi bilan şuğullanuvçi mutaxassislar uçun muhim manba bölib qoladi.

Özbek tiliga ögirilgan «Jomi’ ahkom as-siğor» asarida fiqhga oid yuzdan ortiq kitoblarda tarqoq holda berilgan bolalarga taalluqli şar’iy fatvolar yiğib, tizimlaştirilgan. Muallif buning uçun Hanafiy mazhabining öz davrigaça yaşab, ijod etgan 120 dan ortiq faqihlarning fikrlarini mujassam qilgan. Şu jihatlari bilan bu mukammal asar hozirgi zamon islomşunos va islom huquqi tarixi bilan şuğullanuvçi mutaxassislar uçun muhim manba hisoblanişi bilan bir qatorda zamonaviy huquqşunoslik uçun ham tarixiy ahamiyat kasb etadi, deydi mutaxassislar.
Şuningdek, taqdimotda Islom dinida yöl haqlari, yöl qoidalariga amal qilişning hukmi hamda yöl harakati fiqhiga oid muhim mavzularga Özbekistonda birinçilardan bölib ilmiy yondaşgan ahli ilmlardan Hasanxon Yahyo Abdulmajidning «Yöl harakati fiqhi, şar’iy hukm va odoblar» kitobi taqdim qilindi.













