Farğona viloyati Qöştepa tumanida “Lasetti”avtomaşina haydovçisi urib yuborgan velosipedçi şifoxonada vafot etdi. Bu haqda Farğona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Qöştepa tumanida 10 yanvar kuni haydovçi S.Z “Lasetti” avtomaşinasini “Eşonguzar” MFY hududida boşqarib ketayotib, yölning qatnov qismini kesib ötayotgan velosipedçi T.K.ni urib yuborişi oqibatida, T.K. tan jarohati olib, şifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qöştepa tumani IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq Yozyovon tumanida «Lasetti» avtomaşinasi urib yuborişi oqibatida velosipedçi hodisa joyida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.












